Samarqandda xorijdan olib kelingan 38 kg narkotik musodara qilindi
Videodan kadr
Samarqand viloyatida xorijdan olib kelingan 38 kg narkotik moddalar musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari va Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qoʻshni davlatdan kontrabanda qilingan katta miqdordagi narkotik moddalar toʻxtatib qolingan.
Xususan, oldindan kuzatuvga olingan Urgut tumanida yashovchi, 1989 va 1992-yillarda tugʻilgan 3 nafar fuqaro aylanma yoʻllar orqali Tojikiston Respublikasining Panjikent tumaniga borib, narkosavdogarlardan sof ogʻirligi 14 kg 766 gr “opiy” va 14 kg 958 gr “gashish” moddalarini olib, “oʻzbek-tojik” davlat chegarasini buzgan holda, Oʻzbekiston hududiga qaytib oʻtgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Boshqa holatda esa Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, Samarqand shahar “Orzu” MFY hududida joylashgan xususiy avtomashina garaji xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan. Natijada, undagi maxsus tayyorlangan xufiya joyda boʻlgan marmar toshlar orasiga 9 kg 40 gr opiy ekstraksiyasi yashirilganligi aniqlangan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, garaj egasini qoʻlga olish choralari koʻrilmoqda.
Taʼkidlash lozimki, har ikki holatdagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun qonunchilikda 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring