Surxondaryoda IIO xodimlari ota-oʻgʻil hujumiga uchradi
Foto: Surxondaryo viloyati IIB
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida ichki ishlar xodimlari va fuqarolar oʻrtasida janjal yuz bergani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 2-fevral kuni Muzrabot tumani “Mehnatobod” mahallasida yashovchi, Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan ayblanuvchi tariqasida oʻtayotgan R.R. ismli ayolning uyiga 6 nafar erkak kelib, qarz masalasida janjal chiqargan hamda jamoat tartibi va fuqarolarning tinchligini buzgan.
Chaqiruv asosida voqea joyiga profilaktika inspektorlari yetib borib, janjal qilayotgan fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borgan. Shundan soʻng ularni holatni rasmiylashtirish maqsadida tuman IIBga olib ketish jarayonida, 1972-yilda tugʻilgan Ch.X. xodimlarga keskin qarshilik koʻrsatib, profilaktika inspektori kapitan R. Choriyevning yuz qismiga boshi bilan zarba bergan.
Bu ham yetmagandek, javobgarlikdan qutulish maqsadida, Ch.X. oʻzini hushini yoʻqotganday koʻrsatib simulyatsiya qilgan. Ch.X.ni kasalxonaga olib borilib, sogʻligʻini tekshirish jarayonida, uning farzandi 2008-yilda tugʻilgan M.X. yetib kelib, profilaktika inspektori mayor E.Azamovga toʻsatdan hujum qilgan. U xodim tomonidan jismoniy kuch ishlatib, zararsizlantirilgan.
Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan Muzrabot tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, fuqaro Ch.X.ga nisbatan “qamoq” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Uning voyaga yetmagan oʻgʻli M.X.ga nisbatan qonunchilikka muvofiq tilxat ehtiyot chorasi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring