Attestatsiya sinovlaridan oʻtolmagan pedagoglar ishdan boʻshatilish boʻyicha ogohlantirilyaptimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda navbatdan tashqari attestatsiya sinovlarida salbiy natija qayd etgan pedagoglar maktab rahbariyati tomonidan ishdan boʻshatish boʻyicha ogohlantirilayotgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi munosabat bildirdi.
Una aytilishicha, internetda tarqalayotgan shu maʼnodagi xabarlar hech bir asosga ega emas. Maktab rahbariyati yoki boshqa mansabdor shaxslarning pedagoglar oldiga bu kabi talablarni qoʻyishi qonunchilik talablariga mutlaqo zid hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra, navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashgan va oʻta olmagan pedagoglarning malaka toifasi tushirilmaydi hamda ularga amaldagi oʻz malaka toifasi boʻyicha haq toʻlanishida davom etiladi.
Bundan anglash mumkinki, navbatdan tashqari attestatsiyada yetarli ball toʻplay olmagan pedagoglar bilan mehnat shartnomasining bekor qilinishiga doir hech qanday qonuniy asos mavjud emas.
Amaldagi tartibga koʻra, faqatgina oliy maʼlumotga ega boʻlmagan hamda mutaxassis lavozimidagi pedagoglar majburiy attestatsiya sinovlarida qatnashib undan oʻta olmagan taqdirda, mehnat shartnomasi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli bekor qilinishi mumkin. Bunda ish beruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, mazkur pedagoglar navbatdan tashqari attestatsiyaga koʻpi bilan ketma-ket ikki marta qatnashish huquqiga ega.
Mazkur imkoniyatlardan keyin ham pedagogning attestatsiya sinovlarida salbiy natija qayd etishi xodim bilan mehnat shartnomasining mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishiga asos boʻladi. Boshqa hech bir holatda pedagoglarning attestatsiya sinovlaridagi salbiy natija qayd etishi ularning mehnat shartnomasini bekor qilinishiga asos boʻlmaydi.
“Agar maktab rahbariyati yoki boshqa mansabdor shaxslar tomonidan sizga nisbatan yuqorida keltirib oʻtilgan holatlar boʻyicha noqonuniy talab qoʻyilsa, vazirlikning Ishonch telefoni 71-202-09-09 raqamiga yoki «mmtv_anticorbot” manzili boʻyicha xabar berishingizni soʻraymiz», — deyiladi vazirlik munosabatida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring