Eron Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijoniy halok boʻlgani aytilmoqda
Eron Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijoniy 17-martga oʻtar kechasi Isroil hujumlari oqibatida halok boʻlgani maʼlum qilindi. Bu haqda “Times of Israel” nashri SAHAL bayonotiga tayanib xabar berdi.
Koʻp oʻtmay Isroil mudofaa vaziri Israel Kas Eronning “amaldagi rahbari” Ali Larijoniy zarba oqibatida halok boʻlganini tasdiqladi. Eron rasmiylari esa hozircha bu maʼlumot yuzasidan izoh bermagan.
Isroilning “12-kanal” telekanali xavfsizlik idorasidagi manbasiga tayanib xabar qilishicha, 16-mart kuni kunduzi Larijoniy Tehrondagi maxfiy kvartiralaridan biriga kelishi haqida maʼlumot olingan. Hujum vaqtida u oʻgʻli bilan birga ushbu manzilda boʻlgan. Manbaga koʻra, bunday zarbadan omon qolish imkonsiz.
Shuningdek, SAHAL Tehronda amalga oshirilgan “aniq nishonli zarba” natijasida “Basij” koʻngilli harbiylashtirilgan tuzilmasi qoʻmondoni Gʻolamrezo Sulaymoniy ham oʻldirilganini maʼlum qildi. “Basij” tashkiloti Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusiga boʻysunadi va mamlakatdagi hukumatga qarshi namoyishlarni bostirishda ishtirok etishi bilan tanilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, Ali Larijoniy Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy halok boʻlganidan keyin oʻldirilgan eng yuqori lavozimli amaldor hisoblanadi.
“The New York Times” nashrining yozishicha, AQSH va Isroil hujumlaridan oldin Larijoniy amalda mamlakat rahbariga aylangan va unga namoyishlarni bostirish hamda ehtimoliy urushga tayyorgarlik koʻrish vazifasi yuklatilgan. Shuningdek, u Tehronning asosiy hamkorlari — Rossiya, Qatar va Ummon bilan aloqalarni muvofiqlashtirgan hamda AQSH bilan Eron yadro dasturi boʻyicha muzokaralarga masʼul boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring