Maldiv orollarida qiyin vaziyatda qolgan oʻzbekistonlik Vatanga qaytarildi

15:26 17 Mart 2026 Jamiyat
248 0

Illyustrativ foto

Maldiv orollarida murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan Oʻzbekiston fuqarosi Vatanga qaytarildi. “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistonning Hindistondagi elchixonasi (uning konsullik okrugiga Maldiv Respublikasi ham kiradi) tomonidan Maldiv orollarida mehnat faoliyatini amalga oshirish davomida murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan U.Sh. ismli fuqaroga barcha zarur boʻlgan konsullik-huquqiy yordami koʻrsatilgan.

Xususan, diplomatlar uning huquqiy maqomini tartibga solish va uning Maldiv orollaridan chiqib ketishini tashkil etish maqsadida mahalliy vakolatli organlar bilan muzokaralar olib borgan. Fuqaro joriy yilning 15-mart kuni elchixona koʻmagida sogʻ-omon Vatanga qaytarildi.

Shu munosabat bilan, elchixona chet elda (jumladan, Hindiston va Maldiv orollarida) mehnat faoliyatini rejalashtirayotgan yoki amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini quyidagi qoidalarga qatʼiy rioya qilishga chaqirgan:

• mehnat faoliyatini faqat rasmiy mehnat shartnomasi va tegishli ishchi vizasi asosida amalga oshirish;

• borilayotgan mamlakatning mehnat qonunchiligi va boshqa qoidalari bilan oldindan tanishib chiqish;

• xorijiy davlatga yetib borgach, konsullik roʻyxatiga turish (bu favqulodda vaziyatlarda yordam koʻrsatishni sezilarli darajada osonlashtiradi);

• pasport va boshqa shaxsiy hujjatlarning asl nusxalarini ish beruvchilarga yoki uchinchi shaxslarga “saqlash uchun” topshirmaslik.

Elchixona, shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan, shaxsiy huquqlar buzilgan yoki maslahat olish zarur boʻlgan hollarda mamlakatimizning Dehlidagi diplomatik missiyasi Konsullik boʻlimiga zudlik bilan murojaat qilishni soʻragan.

Manzil: EP-40, Dr. S. Radhakrishnan Marg, Chanakyapuri, New Delhi — 110021

Telefonlar: +91 11 2467 0774/75, +91 94994 85962

Telegram-bot: @consuluzbindia_bot

E-mail: in.uzembassy@mfa.uz va info.uzbekembassy@gmail.com

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?