Taniqli adabiyotshunos olim Ortiqboy Abdullayev vafot etdi
Bugun, 16-mart kuni Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Ortiqboy Abdullayev vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Taniqli adabiyotshunos olim, mohir tarjimon Ortiqboy Abdullayev 1943-yil 22-mayda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Xumson qishlogʻida tugʻilgan. 1966-yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ni tamomlagan. Mutaxassisligi filolog, oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi. U 1980-yili Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, 1981-yili filologiya fanlari nomzodi boʻlgan.
Abdullayev mehnat faoliyatini oʻqituvchilikdan boshlagan. Olim Pedagogika institutida ilmiy xodim, “Oʻzbekiston madaniyati”, “Oʻzbekiston ovozi” gazetalarida adabiy xodim, “Sharq yulduzi”, “Sogʻlom avlod uchun”, “Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi”, “Jahon adabiyoti” jurnallari va “Oʻqituvchi” nashriyotida boʻlim mudiri, “Choʻlpon” nashriyotida bosh muharrir vazifalarida ishlagan.
Shu bilan bir qatorda, uning “Sheʼriyatning tiniq osmoni”, “Ijodning qoʻsh qanoti”, “Qalbga ochilgan yoʻl”, “Yuragimga yozilgan yillar” nomli kitoblari nashr etilgan. Olimning bir qator maqolalari xorijiy tillarga tarjima qilingan. U oʻzbek adabiyoti xazinasini boyitishga qoʻshgan hissasi uchun 1991-yilda “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoniga loyiq koʻrildi.
Abdullayevning janozasi ertaga, 17-mart kuni soat 13:00 da oʻzi tugʻilib oʻsgan Xumson qishlogʻida oʻqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring