Andijonda 28 yoshli ayol 5 nafar shaxs tomonidan “samosud” qilindi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida bir ayolga nisbatan qilingan shafqatsiz va tahqirli xatti-harakatlar aks etgan videotasvirlar tarqalib, keng jamoatchilikning eʼtiroziga sabab boʻldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilgan.
Maʼlum qilinishicha, viloyat IIB tomonidan ushbu holat boʻyicha tezkor surishtiruv ishlari olib borilgan. Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, 1991-yilda Izboskan tumanida tugʻilgan, hozirda Andijon shahrida yashovchi ayol 1998-yilda tugʻilgan boshqa bir ayolni turmush oʻrtogʻi bilan ishqiy munosabatda boʻlib yurganlikda ayblab, undan qasd olish maqsad qilib reja tuzgan.
U 2025-yilning 23-dekabr kuni 1995, 2004 va 2001-yillarda tugʻilgan tanishlari (ayollar) orqali 1998-yilda tugʻilgan ayolni oʻzi davolanib yotgan shifoxonaga olib keltirgan. Shundan soʻng uni turli nojoʻya harakatlar bilan tahqirlashgan hamda bu jarayonni videotasvirga olishgan.
Bu ham yetmagandek, 1991-yilda tugʻilgan ayol oʻzining oldindan tanishi boʻlgan 1999 va 1998-yillarda tugʻilgan ikki nafar erkakni shifoxonaga chaqirib, ularga jabrlanuvchi ayolni ovloq joyga olib borib, sochlarini qirib tashlashlarini buyurgan.
Shundan soʻng 1998-yilda tugʻilgan ayol majburan, erkiga xilof ravishda besh nafar shaxs tomonidan oq rangli “Gentra” rusumli avtomashinada Andijon tumani Jevachi mahallasi hududidagi xilvat joyga olib borilgan.
U yerda 1999-yilda tugʻilgan erkak mashinka yordamida jabrlanuvchining sochlarini olib tashlagan. Jarayon 1995-yilda tugʻilgan ayol tomonidan videotasvirga olingan va oradan maʼlum vaqt oʻtgach, ijtimoiy tarmoqlarga joylangan.
IIBga koʻra, hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, besh nafar shaxs gumonlanuvchi sifatida protsessual tartibda ushlangan. Mazkur jinoyat ishi Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring