Instagram shaxsiy xabarlardagi shifrlash funksiyasini oʻchiradi
Meta kompaniyasi Instagramʼdagi shaxsiy xabarlarda (Direct) qoʻllaniladigan “end-to-end” (uchidan-uchiga) shifrlash funksiyasi bekor qilinishini eʼlon qildi. Ushbu variantni qoʻllab-quvvatlash 2026-yil 8-maydan toʻxtatiladi.
Kompaniya vakilining soʻzlariga koʻra, mazkur funksiyadan juda kam sonli foydalanuvchilar foydalangan. Bunday darajadagi himoya ostida muloqot qilishni davom ettirishni istovchilarga shifrlash tizimi doimiy ravishda ishlaydigan WhatsApp messenjeriga oʻtish taklif qilindi.
Funksiya yopilayotgani haqidagi maʼlumot Instagram maʼlumotnoma markazida paydo boʻldi. Agar oʻzgarishlar foydalanuvchining chatlariga taʼsir qilsa, ilova yozishmalar va mediafayllarni yuklab olish boʻyicha yoʻriqnoma taqdim etadi. Baʼzi hollarda buning uchun ilovani eng soʻnggi versiyagacha yangilash talab etiladi.
Eslatib oʻtamiz, kompaniya Instagram xabarlarida shifrlashni sinab koʻrishni 2021-yilda boshlagan edi. Servis maʼlumotiga koʻra, bu funksiya faqat ayrim hududlarda mavjud boʻlgan.
Maʼlumot uchun: “End-to-end” shifrlash — bu xabarlarni himoya qilish usuli boʻlib, unda yozishma mazmunini faqat joʻnatuvchi va qabul qiluvchi oʻqiy oladi. Hatto xabar oʻtadigan platformaning oʻzi ham uni oʻqish imkoniyatiga ega boʻlmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring