AQSH kemalar qatnovi tiklanmaguncha Erondagi operatsiyani yakunlamoqchi emas

15:50 16 Mart 2026 Dunyo
317 0

AQSH Eronga qarshi harbiy operatsiyani mintaqada dengiz kemalarining toʻsiqsiz qatnovini tiklashga muvaffaq boʻlmaguncha yakunlash niyatida emas. Bu haqda Axios portali xabar bermoqda.

Portal suhbatdoshlarining taʼkidlashicha, Fors koʻrfazida kemalar qatnovi bilan bogʻliq muammolar mavjudligi va Meksika koʻrfazidan neft yetkazib berishni koʻpaytirish imkoniyatlari cheklangan bir sharoitda Vashington harbiy operatsiyani tugata olmaydi.

Bundan avval Eron oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy Tehron dushmanga bosim oʻtkazish uchun Hurmuz boʻgʻozini yopib qoʻyish imkoniyatini saqlab qolishi kerakligini bayon qilgan edi.

AQSH Prezidenti Donald Tramp esa Qoʻshma Shtatlar zarur hollarda Hurmuz boʻgʻozi orqali tijorat kemalarini harbiy kuzatuv ostida oʻtkazishni boshlashi mumkinligini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?