Yoʻl qurilishi sohasi mansabdori pora bilan ushlandi
Yoʻl qurilishi sohasida noqonuniy holat fosh etildi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, “Oʻzyoʻlkoʻprik” klasteri davlat muassasa Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali mansabdor shaxsining xizmat mavqeidan foydalangan holda noqonuniy harakatlanishiga chek qoʻyilgan.
Ushbu shaxs qurilish faoliyati bilan shugʻullanuvchi MCHJga oʻzining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali “Beruniy-Toʻrtkoʻl” A380-sonli magistral yoʻl qurilishi loyihasining 5 kilometrlik ish hajmini olib berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilgani oshkor boʻlgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu mansabdor shaxs soʻralgan pul mablagʻini MCHJ rahbaridan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring