Oʻzbekistonda qiymati 2,5 mlrd dollarlik yangi mis eritish zavodi qurilayotgani eʼlon qilindi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida Prezident ishtirokida oʻtayotgan tadbirda qiymati 2,5 milliard dollarlik yangi mis eritish zavodini barpo etish boʻyicha ishlar boshlab yuborilgani eʼlon qilindi. Mazkur korxonada ham mingdan ziyod ish oʻrinlari boʻladi.
Umuman, ushbu ikkita yirik quvvatlar hisobiga mis katodi ishlab chiqarishning yillik hajmi 300 ming tonnaga, oltin 33 tonnaga, kumush 203 tonnaga, molibden 1,7 ming tonnaga yetadi.
Shu bilan birga, uran qazib olish va kimyo sanoati uchun zarur xomashyo boʻlgan sulfat kislotasi ishlab chiqarish 3 karra oshadi.
Bu yiliga kombinatga qoʻshimcha 5 milliard dollar tushum degani.
Prezidentimiz kombinat boʻyicha hali rejalar katta ekanini taʼkidladi. Yuqorida aytilgan koʻrsatkichlarni yana 1,5 karra oshirishga xizmat qiladigan 4-mis boyitish fabrikasi boʻyicha loyihaoldi ishlari jadal ketayotgani qayd etildi.
Ushbu yangi loyihalar ishga tushganida Olmaliq kombinati mis ishlab chiqarish boʻyicha dunyodagi uchta eng yirik kompleksdan biriga aylanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring