OKMKdagi 3-mis boyitish fabrikasi toʻliq ishga tushsa 6 mingdan ziyod yoshlar ishli boʻladi

12:53 16 Mart 2026 Siyosat
198 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida Prezident ishtirokida oʻtayotgan tadbirda “Yoshlik-1” va “Qalmoqqir” konlarida 45 million tonna mis, 5 ming tonnadan ziyod oltin zaxirasi borligi taʼkidlandi. Ushbu zaxira sanoatga kamida 100-yilga yetadigan kafolatli xomashyo bazasi boʻladi.

Konlardagi molibden, selen, tellur, reniy kabi noyob metallar yangi innovatsion yoʻnalishlardagi loyihalar uchun mustahkam zamin yaratadi.

3-mis boyitish fabrikasi toʻliq ishga tushganidan keyin Olmaliq kombinatida mis konsentratining kunlik hajmi hozirgi 2 ming 400 tonnadan 5 ming tonnaga oshadi. Shu bilan birga, loyiha doirasida 6 mingdan ziyod yoshlar yuqori daromadli ish joyiga ega boʻladi.

Fabrikada AQSH, Germaniya, Rossiya, Xitoy va Finlyandiyaning togʻ-kon sanoatidagi eng ilgʻor texnologiyalari joriy qilinmoqda.

Barcha texnologik jarayonlar raqamlashtirilib, sunʼiy intellekt asosida yagona boshqaruv tizimiga ulanadi. Bularning hisobiga energiya sarfi 10 foizga, tannarx 15 foizga kamayadi, mehnat unumdorligi esa 10 foizga oshadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?