Yangi oʻquv yili uchun test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi
2026-2027 oʻquv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Unga koʻra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan 2026-2027 oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlangan.
Ushbu mezonlar oʻtgan yilgi qabuldek qoldirilgan, xususan:
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:
- Ona tili (oʻzbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
- Matematika x 10 ta;
- Oʻzbekiston tarixi x 10 ta;
- 30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos boʻlgan 2 ta fan:
- 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
- 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
- 60 ta savoldan jami 156,0 ball.
Shuningdek, 2026-2027 oʻquv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan boʻyicha jami 90 ta test topshirigʻi beriladi. Bunda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
Fanlar majmuasi bilan mazkur havola orqali tanishishingiz mumkin boʻladi. Javoblar varaqasi quyidagi koʻrinishda boʻlishi tasdiqlangan:

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring