Oʻzbekistonda zargarlik sanoatida ishlab chiqarish 13 trln soʻmdan oshdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida Prezident ishtirokida oʻtayotgan tadbirda xorijiy hamkorlar bilan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yoʻlga qoʻyilgani ham eng katta yutuqlardan biri boʻlgani taʼkidlandi.
Xususan, Olmaliqda “Moskva poʻlat va qorishmalar instituti” universiteti filiali (“MISiS”), Olmaliq texnika instituti, Toshkent shahrida Geologiya fanlari universiteti (Uxan geologiya universiteti bilan hamkorlikda) hamda Italiyaning Piza universiteti filiali tashkil qilindi.
Navoiy konchilik texnologiyalari universitetida ham Rossiya, Kanada, AQSH, Fransiya va Chilining ilgʻor oliygohlari bilan qoʻshma dasturlar yoʻlga qoʻyildi. Ushbu oliygohlarda yiliga 2,5 mingga yaqin tor soha mutaxassislari tayyorlanmoqda.
Natijada ilgari qimmatbaho va rangli metallar asosan xomashyo shaklida eksport qilingan boʻlsa, bugun yiliga 100 ming tonna mis oʻzimizda qayta ishlanib, yuqori qiymatli mahsulot yaratilmoqda, qisqa muddatda zargarlik sanoatida ishlab chiqarish 3,3 karra oʻsib, 13 trillion soʻmdan oshdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring