Oʻzbekistonda geolog va marksheyderlar 70 million soʻmgacha maosh olayotgani aytildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekistondagi yuqori daromadli va eng koʻp ish oʻrinlariga ega soha togʻ-kon sanoati hissasiga toʻgʻri keladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida oʻtayotgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasini ishga tushirish marosimida qayd etildi.
Soʻnggi yillarda togʻ-kon sanoati tubdan isloh qilindi. Ilgari qimmatbaho va rangli metallarni qazib olish bilan 2 ta kombinat shugʻullanar edi. Konlarni investorlarga berish boʻyicha shaffof tizim yaratilgani hisobiga toʻqqiz yilda 10 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritildi. Bugun sohada 65 ta xususiy korxona faoliyat yuritmoqda.
Mustaqillikning dastlabki yigirma besh yilida oltin qazib olish hajmi 63 tonnadan 87 tonnaga yoki 24 tonnaga oshgan boʻlsa, soʻnggi toʻqqiz yilda bu yana 31 tonnaga koʻpayib, oʻtgan yili 118,4 tonnaga yetkazildi.
Xuddi shunday 2016-yildan buyon kumush ishlab chiqarish 1,6 barobar, uran 2,1 barobar, mis 1,4 barobarga oshirilishiga erishildi. Natijada sohada ishlab chiqarish 1,7 barobar oʻsib, oʻtgan yil 270 trillion soʻmga yetdi.
Muhimi, yuqori daromadli eng koʻp ish oʻrinlari ham aynan shu sohadagi korxonalarda ekani taʼkidlandi. Bugun ekskavator mashinisti 30 million soʻmgacha, burgʻilash mutaxassislari va katta samosval haydovchilari 40 million soʻmgacha, geolog va marksheyderlar 70 million soʻmgacha maosh olmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring