Prezident Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyurdi

12:11 16 Mart 2026 Siyosat
234 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasini ishga tushirish marosimi boshlandi.

Muborak Ramazon hayiti hamda yasharish, yangilanish bayrami Navroʻzi ayyom arafasida yurtimizda sanoat, energetika, infratuzilma, servis sohalarida koʻplab yirik loyihalar ishga tushirilmoqda. Har bir hududda yangi uy-joy massivlari, taʼlim va tibbiyot muassasalari, turizm va madaniyat maskanlari bunyod etilmoqda.

“Bu ishlarimizning barchasi bir maqsadga – iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, mahallalarga Yangi Oʻzbekiston qiyofasini olib kirish va albatta xalqimizning turmush farovonligini yanada oshirishga qaratilgan.

Bugun ishga tushayotgan 3-mis boyitish fabrikasi ham ana shu keng koʻlamli ishlarimiz va bunyodkor xalqimizning fidokorona mehnati namunasi, desak ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz”, dedi Prezidentimiz.

Qiymati 2 milliard 700 million dollarlik ushbu loyiha shunchaki korxona emas, balki mamlakatimiz sanoat qudratini yanada mustahkamlaydigan, tabiiy boyliklarimizni chuqur qayta ishlashga xizmat qiladigan zamonaviy industrial majmua ekani taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?