Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
Videodan kadr
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida narkokuryerlar faoliyatiga chek qoʻygan profilaktika inspektoriga muddatidan oldin mayor unvoni berildi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 13-mart kuni Chilonzor tumani “Xirmontepa” mahallasi profilaktika inspektori, kapitan Laziz Abdukarimov koʻchada shubhali harakatlanayotgan ikki nafar shaxsni tekshirish maqsadida toʻxtatgan. Biroq gumonlanuvchilar xodimning qonuniy talabiga boʻysunmay qochishga uringan.
Profilaktika inspektori ulardan birini quvib yetib, ushlagan. Xolislar ishtirokida tekshiruv oʻtkazilganda, uning yonidagi sumkadan 59 ta zip-paketga qadoqlangan 295 dona pregabalin kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari aniqlangan.
Tezkor surishtiruv davomida qoʻlga olingan shaxs mahalla hududidagi bir nechta joylarga koʻmib qoʻygan hamda geolokatsiya orqali belgilab ketgan dori vositalari ham aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Jinoyat qidiruv boʻlimi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida gumonlanuvchining qochib ketgan sherigi ham Shayxontohur tumani hududida qoʻlga olingan. Uning yonidan ham tarqatish uchun tayyorlangan 35 dona kuchli taʼsir qiluvchi kapsula topilgan.

Xizmat vazifasini sidqidildan bajargan hamda murakkab vaziyatda qatʼiyat bilan harakat qilgan kapitan Laziz Abdukarimovning ushbu jasorati inobatga olinib, Ichki ishlar vaziri buyrugʻi bilan unga muddatidan oldin mayor maxsus unvoni berilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring