Jizzax va Qoraqalpogʻistonda yer sotish bilan bogʻliq korrupsiya holatlari fosh etildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida amalga oshirilgan tezkor amaliyotlar natijasida yer maydonlarini noqonuniy rasmiylashtirib bermoqchi boʻlgan mansabdor shaxslarning kirdikorlariga chek qoʻyildi:
DXX Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda Zarbdor tumani hokimligi bosh mutaxassisi ushlandi. U oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, davlat zaxirasidagi 4 sotix yer maydonini kadastr tizimidagi tanishlari orqali auksionda yutib berish va fuqaro nomiga rasmiylashtirish evaziga 20 million soʻm olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushdi.
DXX Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda Xoʻjayli tumani hokimligi bosh mutaxassisi va tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi bosh mutaxassisi oʻzaro til biriktirgani aniqlandi. Ular mahalliy fermer xoʻjaligiga tegishli 41,6 gektar yerni davlat zaxirasiga qaytarmasdan va auksionga chiqarmasdan, xorazmlik tadbirkor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 3 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ushlandilar.
Mazkur holatlar yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatma: Hurmatli fuqarolar, agar siz kundalik hayotda bu kabi korrupsion holatlarga duch kelsangiz, Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring