AQSH Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun 10 mln dollargacha mukofot eʼlon qildi

15:27 14 Mart 2026 Dunyo
571 0

AQSH Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi. Ular orasida Eronning yangi oliy rahbari Mujtaba Homanaiy ham bor. Tegishli bayonot dastur saytida eʼlon qilingan.

Homanaiydan tashqari, AQSH hukumatini qiziqtirayotgan shaxslar roʻyxatiga yana toʻqqiz kishi kiritilgan. Ular orasida oliy rahbar maʼmuriyati rahbari Ali Asqar Hijoziy, mamlakat Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Lorijoniy, oliy rahbarning katta harbiy maslahatchisi Yahyo Rahim Safaviy, ichki ishlar vaziri Iskandar Moʻminiy va razvedka vaziri Ismoil Xatib bor.

Shuningdek, ismlari ochiqlanmagan holda roʻyxatga mamlakat Mudofaa kengashi kotibi, oliy rahbar maslahatchisi, oliy rahbar maʼmuriyati harbiy boshqarmasi boshligʻi va IIMK qoʻmondoni ham kiritilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?