Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasida ilk charter yuk reysi amalga oshirildi

21:16 13 Mart 2026 Jamiyat
739 0

Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasida oziq-ovqat sohasidagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida joriy yilning 12-mart kuni birinchi charter yuk reysi amalga oshirildi.

Mahalliy vaqt bilan soat 21:10 da Lahor shahridan uchib kelgan “Boeing 737” samolyoti orqali “Toshkent” xalqaro aeroportiga oziq-ovqat mahsulotlarining partiyasi, jumladan 17 tonna goʻsht yetkazib berildi.

Qayd etilishicha, ushbu loyiha doirasida kelgusida yuk tashish hajmini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilgan. Keyinchalik bir reysda tashiladigan yuk miqdorini 100 tonnagacha yetkazish koʻzda tutilmoqda.

Maʼlumot uchun, ilk yuk reysi Pokistonning “Air Eagle” aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Ushbu tashabbus “Air Speed Charter” charter aviakompaniyasi tomonidan ilgari surilgan boʻlib, kelgusida aynan shu kompaniya yuklama hajmi yuqori boʻlgan reyslarni taʼminlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?