2026-yilda sayohat qilish uchun dunyoning eng yaxshi shaharlari aytildi

13:38 13 Mart 2026 Dunyo
342 0

Avstraliyaning Melburn shahri “Time Out” jurnali talqiniga koʻra 2026-yilda sayohat qilish uchun dunyoning eng yaxshi shahri deb topildi.

Ekspertlar va sayyohlar Melburnning yuz yillik pazandalik anʼanalari, goʻzal koʻchalari va binolar tomidagi (rooftop) barlari uchun u yerga tashrif buyurishni tavsiya qilishdi.

Ikkinchi oʻrindan boy tarixi va texnologiyalari bilan mashhur boʻlgan Xitoyning Shanxay shahri joy oldi.

Kuchli uchlikni oʻzining ajoyib oshxonasi va yorqin madaniy hayoti bilan tanilgan Shotlandiyaning Edinburg shahri yakunlab berdi.

Bundan tashqari, reytingga quyidagi shaharlar ham kiritildi:

— London (Buyuk Britaniya)

— Nyu-York (AQSH)

— Keyptaun (JAR)

— Mexiko (Meksika)

— Bangkok (Tailand)

— Seul (Janubiy Koreya)

— Tokio (Yaponiya)

Toʻliq roʻyxat bilan bu yerda tanishish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?