Oʻrta maxsus maʼlumotli bogʻcha pedagoglarini dual taʼlimda oʻqitish tartibi va oliygohlar roʻyxati eʼlon qilindi

11:34 13 Mart 2026 Jamiyat
618 0

Oʻrta maxsus maʼlumotli bogʻcha pedagoglarini dual taʼlimda oʻqitish tartibi va oliygohlar roʻyxati eʼlon qilindi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, Vazirlar Mahkamasining maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha xalqaro tajribalarga mos ravishda tegishli bakalavrlar tayyorlash tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirilgan.

Mazkur loyihaga koʻra, 2026-2027 oʻquv yilidan boshlab maktabgacha taʼlim yoʻnalishida davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlar uchun dual taʼlim shaklida (haftada bir kun pedagogika oliy taʼlim tashkilotida, besh kun maktabgacha taʼlim tashkilotida) toʻlov-shartnoma asosida maktabgacha taʼlim yoʻnalishida bakalavrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.

Dual taʼlim shaklida maktabgacha taʼlim yoʻnalishida bakalavrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladigan pedagogika oliy taʼlim tashkilotlari:

  • dual taʼlim yoʻnalishiga maktabgacha taʼlim tashkilotlarida kamida uch yil davomida faoliyat yuritayotgan oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlarni, oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga oʻqishga qabul qilishning amaldagi tartibiga muvofiq oʻtkaziladigan test sinovlari asosida qabul qiladi;
  • dual taʼlimga qabul parametrlari hududlardagi ehtiyojdan kelib chiqqan holda Vazirlikning taklifiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi;
  • dual taʼlimda oʻqitishni yoʻlga qoʻygan pedagogika oliy taʼlim tashkilotlariga faqat tegishli hududdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar qabul qilinadi;
  • dual taʼlim shaklida taʼlim jarayonlarini tashkil etishda talabalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi amaliy faoliyatini metodik jihatdan taʼminlash, muvofiqlashtirish va baholash mexanizmlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
  • dual taʼlim shaklidagi maktabgacha taʼlim yoʻnalishida taʼlim olayotgan pedagoglar ishlab chiqarishdan ajralgan holda malaka oshirish kurslariga jalb etilmaydi.

Shuningdek, oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlar uchun dual taʼlim shaklida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim yoʻnalishiga roʻyxatdan oʻtadigan abituriyentlar bir bosqichda — har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bunda, abituriyentlar mazkur muddat davomida taʼlim yoʻnalishi, taʼlim tili va test topshirish hududini tanlaydi.

2028-2029 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetining, 2029-2030 oʻquv yilidan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarining xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining bitiruvchi kurs talabalariga yakuniy attestatsiyasi bilan birga oʻz xohishiga koʻra kasbiy sertifikatlash sinovlarida ishtirok etish imkoniyati yaratiladi.

Bunda, kasbiy sertifikatlash sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchiga mutaxassis oʻqituvchi lavozimida ishlash huquqini beruvchi kasbiy sertifikat beriladi. Bitiruvchi talaba tahsil olayotgan taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kasbiy sertifikatlashdan oʻtadi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2026/2027 – oʻquv yilidan boshlab, har yili kadrlar tayyorlaydigan davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tahlil qilish uchun talabalarning bilimlarini tashqi diagnostikadan oʻtkazadi. Tashqi diagnostikaga oliy taʼlim tashkilotlarining uchinchi bosqich talabalari jalb etiladi.

Loyihaga koʻra, quyidagi oliy taʼlim muassasalarida dual taʼlim shaklida maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar tayyorlanadi:

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?