Toshkentda oʻpirilib tushgan tunnel yoʻli vaqtincha yopildi
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida Temur Malik va Buyuk ipak yoʻli koʻchalari kesishmasidagi yangi tunnel yoʻli devorining bir qismi oʻpirilib tushgani haqida xabar berilgan edi. Poytaxt hokimligi hodisa ortidan ushbu yoʻlning bir qismi vaqtincha yopilishini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash hamda zarur texnik ishlarni amalga oshirish maqsadida Temur Malik koʻchasining Mirzo Ulugʻbek koʻchasi bilan kesishmasidan Sultoniya koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan qismi barcha avtotransport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi.

Shu oʻrinda, Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi boʻylab harakatlanish cheklanmaydi, biroq Buyuk Ipak yoʻli koʻchasidan Temur Malik koʻchasiga tushish-chiqish yoʻllari vaqtincha yopiladi. Bildirilishicha, ushbu cheklovlar ishlar toʻliq yakunlangunga qadar amal qiladi.
Shu munosabat bilan haydovchilardan yoʻnalishlarni oldindan rejalashtirish, vaqtincha oʻrnatilgan yoʻl belgilariga hamda masʼul xizmatlar xodimlari koʻrsatmalariga qatʼiy rioya etish soʻralgan. Hokimlik, shuningdek, harakat qayta tiklanishi haqida qoʻshimcha axborot berilishini qoʻshimcha qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring