Toshkentda tunneldagi nosozlik sabab ayrim avtobus yoʻnalishlari oʻzgartirildi
Avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida Temur Malik va Buyuk ipak yoʻli koʻchalari kesishmasidagi yangi tunnel yoʻli devorining bir qismi oʻpirilib tushgani haqida xabar berilgan edi. Poytaxt Transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi shu munosabat bilan ayrim avtobus yoʻnalishlari harakatiga vaqtincha oʻzgartirishlar kiritilishini maʼlum qildi.
Bildirilishicha, yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish davrida Temur Malik koʻchasi orqali harakatlanuvchi avtobus yoʻnalishlari harakatiga vaqtincha quyidagicha oʻzgartirishlar kiritiladi:
• 49-sonli avtobus yoʻnalishining TTZ ASHB tomon harakati T.Malik, Shoʻrtepa-2, Shoʻrtepa, T.Malik koʻchalari orqali tashkil etiladi;
• 128-sonli avtobus yoʻnalishining harakati ikki tomonlama T.Malik, Doʻrmon yoʻli, Mirzo Ulugʻbek, T.Malik koʻchalari orqali tashkil etiladi;
• 149-sonli avtobus yoʻnalishining harakati ikki tomonlama Mingbuloq, Sh.Burxonov, Mirzo Ulugʻbek, T.Malik koʻchalari orqali tashkil etiladi.

Taʼkidlanishicha, koʻchalarda transport tirbandliklari ortishi va yoʻllardagi cheklovlar natijasida yoʻnalishlar harakatiga qoʻshimcha oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Ushbu oʻzgartirishlar sababli, yoʻnalishlardagi avtobuslar oraliq interval vaqti rejadagidan ortishi holatlari yuzaga kelishi ehtimoli bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring