“Oʻzogʻirsanoatloyiha” bosh direktori: “Koʻprik harakat uchun xavfsiz deb topilgan”
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida Temur Malik va Buyuk ipak yoʻli koʻchalari kesishmasidagi yangi tunnel yoʻli devorining bir qismi oʻpirilib tushgani haqida xabar berilgan edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi yuzaga kelgan ushbu vaziyat toʻgʻrisida birlamchi maʼlumotlarni berdi.
Unga koʻra, yoʻl oʻtkazgich yon tomon devorining bir qismi oʻpirilib, avtomobil yoʻl qismiga tushishi oqibatida fuqarolarning tan-jarohati olgani qayd etilmagan.

“Oʻzogʻirsanoatloyiha” bosh direktori Begzod Hazratqulovning bildirishicha, Buyuk ipak yoʻli koʻchasining Temur Malik koʻchasi ustidan oʻtgan koʻprigi boʻyicha oʻtkazilgan koʻriklarda koʻprik konstruksiyasida hech qanday kamchiliklar aniqlanmagan. Koʻprik harakat uchun xavfsiz deb topilgan va yaqin vaqt ichida transport vositalari harakati uchun ochiladi.
Poytaxt hokimligining maʼlum qilishicha, hozirda koʻchaning shikastlangan tayanch qismida oʻrganish-tiklash ishlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlarda oʻpirilish sodir boʻlgan joyning roʻparasidagi yoʻl yuzasida ham yirik yoriqlar paydo boʻlganini ham koʻrish mumkin.

Hozircha koʻprikning bir qismi nega koʻchib tushgani va hodisa oqibatlari boʻyicha maʼlumot berilmagan.

Maʼlumot uchun, ushbu yoʻl oʻtkazgich Temur Malik koʻchasini rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida 128,6 milliard soʻm evaziga qurilgan. Inshoot 2024-yil avgust oyida foydalanishga topshirilgan edi. Oʻshanda koʻprikning xizmat qilish muddati 100 yildan ortiq boʻlishi aytilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring