Toshkentda “Gelik”ni 222 km tezlikda haydagan yigitlar 15 sutkaga qamaldi
Videodan kadr
Toshkent shahrida “Mercedes-Benz” (Gelendvagen) rusumli avtomobilni katta tezlikda haydagan yigit va uning sherigi 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda YHXB axborot xizmati rahbari Zoyir Yoʻldoshev xabar berdi.
Bildirilishicha, holat 9-martga oʻtar kechasi Sergeli tumani hududida sodir etilgan. I.K. va Sh.A. Fayziy koʻchasida “Mercedes-Benz” mashinasiga noqonuniy ravishda “migalka” moslamalarini oʻrnatib olib, bir holatda 210, yana bir holatda 222 kilometr soatdan oshiqroq tezlikda harakatlangan hamda yoʻl va jamiyatda yurish-turish qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan. Bu ham yetmagandek, ular holatni videoga olib uni Instagramʼdagi sahifasiga joylagan.
Boshqarmaga koʻra, ularga nisbatan tegishli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Shundan soʻng qoidabuzarlar bilan profilaktik suhbat olib borilgan. Sodir etgan harakatlarining huquqiy va maʼnaviy ahamiyati tushuntirilgan va qonuniy chora koʻrish uchun hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga taqdim etilgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudining qarori bilan, ularining har ikkisiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasiga (Mayda bezorilik) asosan 15 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring