Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
“Avtoyoʻlinvest” agentligi direktori oʻrinbosari Asliddin Isayev “Oʻzbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida loyiha tafsilotlari bilan oʻrtoqlashdi.
Qurilish qiymati 2,25 milliard dollarga baholanmoqda. Yoʻlning 140 kilometrida tuproqni mustahkamlash, 7,2 kilometrida tosh-shagʻalli ustunlar bilan mustahkamlash, 132,8 kilometrida esa boʻsh tuproqni qum-shagʻal aralashmasi bilan almashtirish koʻzda tutilgan.
Loyiha doirasida 12 ta transport bogʻlamasi, 60 ta tunnel tipidagi oʻtish joyi, 91 ta koʻprik, 16 ta yoʻl oʻtkazgich, 258 ta suv oʻtkazish quvuri qurish rejalashtirilgan.
Isayevning soʻzlariga koʻra, pullik avtoyoʻl qurilishi natijasida poytaxtdan Samarqandgacha boʻlgan masofani bosib oʻtish vaqti 2–2,5 soatgacha qisqaradi.
Uning qayd etishicha, loyiha boʻyicha yirik investor-kompaniyalar bilan muzokaralar yakunlangan, hozirda moliyalashtirishning asosiy shartlari boʻyicha shartnoma oldi muhokamalari olib borilmoqda.
— Yaqin vaqt ichida amaliy qurilish ishlarini boshlash rejalashtirilgan. Loyihaga Xitoyning yirik investorlari, xususan, dunyoning top-100 taligiga kiruvchi kompaniyalar qiziqish bildirmoqda, — dedi Asliddin Isayev.
Yoʻlda 12 ta kirish va chiqish punkti boʻladi. Trassa raqamlashtiriladi va kechayu kunduz ishlaydigan intellektual transport tizimlari bilan jihozlanadi.
Pullik trassa Toshkentning Sergeli tumanidagi katta halqa yoʻlidan boshlanib, Samarqand viloyatida tugaydi. U mavjud yoʻlga parallel ravishda oʻtkaziladi.
Tariflar yakuniy muzokaralar natijasida, jumladan investorlarning takliflarini inobatga olgan holda belgilanadi.
Pullik yoʻl qurilishini besh yil ichida yakunlash rejalashtirilgan. Shu bilan birga, trassa loyiha toʻliq yakunlanishini kutmasdan, bosqichma-bosqich ochilishi ham mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring