Sirdaryoda kadastr xodimi qamoqqa olindi

18:38 11 Mart 2026 Jamiyat
305 0

Foto: DXX

Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani boʻlimi bosh inspektoriga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu mansabdor shaxs oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda 1975-yilda tugʻilgan fuqaroning ishonchiga kirib, oʻzining mansabdor tanishlari orqali uning yashash xonadoni kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va ushbu hujjatlarni muddatidan oldin tayyorlab berish evaziga 1,5 ming dollar talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, bosh inspektor 1000 dollar va 6 mln 50 ming soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?