AQSHdan yana 72 nafar Oʻzbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
Illyustrativ foto
Bugun, 11-mart kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari deportatsiya reysi orqali 72 nafar Oʻzbekiston fuqarosini qaytarib yubordi. Bu haqda AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi xabar berda.
Maʼlum qilishicha, ushbu reys Qoʻshma Shtatlarning oʻz chegaralari xavfsizligini taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlari doirasidagi navbatdagi tadbirlardan biri hisoblanadi.
Elchixona xabarida qayd etilishicha, AQSH tomoni ushbu deportatsiya tadbirlarini oʻtkazishda yaqindan hamkorlik qilayotgani uchun Oʻzbekiston hukumatiga oʻz minnatdorligini bildirgan. Shuningdek, Qoʻshma Shtatlar hududiga noqonuniy kirgan shaxslar qamoq jazosiga tortilishi va mamlakatdan chiqarib yuborilishi taʼkidlangan.
Bildirilishicha, Donald Tramp Prezidentlik lavozimiga kirishganidan buyon AQSH noqonuniy immigratsiyaga chek qoʻyishga hamda oʻz chegaralari va fuqarolarini himoya qilishga qaratilgan majburiyatlari doirasida 1000 nafardan ziyod Oʻzbekiston fuqarosi deportatsiya qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring