Toshkent viloyatida 2 mlrd soʻmlik biologik qoʻshimcha va dori vositalarining savdoga chiqishi toʻxtatib qolindi

19:59 10 Mart 2026 Jamiyat
201 0

Toshkent viloyatida 2 mlrd soʻmlik biologik qoʻshimcha va dori vositalari fosh etildi. Bu haqida viloyat bojxona boshqarmasi maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik shuʼbasi, Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent tumani hududida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Tadbir davomida Toshkent tumanidagi xonadonlardan biri xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan. Maʼlum boʻlishicha, ushbu xonadonda 7 961 quti sifati kafolatlanmagan biologik faol qoʻshimchalar va dori vositalari saqlanayotgani aniqlangan.

Shundan soʻng, xonadon egasiga tegishli boʻlgan avtotransport vositasi koʻzdan kechirilganida 6 167 quti xorijda ishlab chiqarilgan sifati kafolatlanmagan biologik faol qoʻshimchalar va dori vositalari borligi fosh qilingan.

Dastlabki hisob kitoblarga koʻra 2 mlrd soʻmdan ziyod boʻlgan jami 13 675 quti xorijda ishlab chiqarilgan biologik faol qoʻshimchalar va dori vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?