Avtomobilingizni koʻp qavatli bino va daraxtlar ostida qoldirmang – poytaxt IIBB ogohlantirish bilan chiqdi

19:44 10 Mart 2026 Jamiyat
225 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Bugun, 10-mart kuni Toshkent shahrida qorli ob-havo kuzatilmoqda. Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB holat yuzasidan ogohlantirish bilan chiqdi.

Haydovchilardan yoʻllarda xavfsizlikni taʼminlash va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida quyidagilarga amal qilishlari soʻraladi:

  • yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilishingizni;
  • oraliq masofani saqlab;
  • tezlikni belgilangan meʼyordan oshirmay;
  • yoʻllarda harakatlanayotgan piyodalarni hurmat qilgan holda, ehtiyotkorlik bilan harakatlanish.

Shuningdek, avtomobillarni koʻp qavatli bino va inshootlar, shuningdek daraxtlar tagida qoldirmaslik va transport vositalarini maxsus turargohlarda saqlash tavsiya etiladi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?