Surxondaryoda vagon ostiga berkitilgan giyohvandlik vositasi fosh etildi
Foto: Bojxona qo‘mitasi
Surxondaryo viloyatidagi “Sariosiyo” temir yoʻl chegara bojxona postida vagon ostiga berkitilgan giyohvandlik vositasi fosh etildi. Bu haqda Davlat Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, viloyat bojxona boshqarmasining “Sariosiyo” temir yoʻl chegara bojxona postida qoʻshni davlatdan kirib kelgan temir yoʻl poyezdi tarkibidagi yuk vagonlari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazilgan.
Koʻrik davomida xizmat iti yordamida vagonning tag qismida bojxona nazoratidan yashirilgan, rangsiz polietilen idishga joylashtirilgan “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan. Mazkur giyohvandlik vositasi maxsus tarozida oʻlchab koʻrilganda, idishi bilan birga 113,9 grammni tashkil etgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring