Fargʻonada 90 tup tol noqonuniy kesib tashlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati Buvayda tumanida 100 tupga yaqin daraxtga shikast yetkazilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Bildirilishicha, vaziyat boshqarma tomonidan oʻrganilganida ushbu holat Buvayda tumani “Markaziy Fargʻona choʻli” hududida joylashgan “Qozokovul 2018” fermer xoʻjaligi yer maydonida sodir etilganligi aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, fermer xoʻjaligi hududida 90 tup koʻp yillik tol daraxtlari noqonuniy ravishda kesilib, shikastlantirilgan. Oqibatda oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori 110 million soʻmdan ziyodni tashkil etgan.
Hozirgi kunda ushbu holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar belgilangan tartibda sud organlariga yuborilishi koʻrib chiqilmoqda. Taʼkidlanishicha, Fargʻona viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi tomonidan bu kabi qonunbuzarliklarga nisbatan qatʼiy choralar koʻrilishi taʼminlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring