Dubay shahrida vaziyat nisbatan barqarorlashdi — Bosh konsulxonasi xabari

21:10 06 Mart 2026 Jamiyat
629 0

Ayni vaqtda Dubay shahrida vaziyat nisbatan barqarorlashgan. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasining Dubay shahridagi Bosh Konsulxonasi maʼlumot berdi.

Xabarda aytilishicha, havo hududi ochilgani munosabati bilan Dubay – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha aviaqatnovlar “UzAirways”, “CentrumAir” va “Qanotsharq” aviakompaniyalari orqali bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, 5–6-mart kunlari “UzAirways” reyslari, 6-mart kuni “CentrumAir” reysi Toshkentga boʻsh joylar bilan qaytgan.

Shuningdek, soʻnggi kunlarda “FlyDubai” va “Air Arabia” aviakompaniyalari orqali chipta olgan, ammo reyslari bekor qilingan yoki kechiktirilgani sababli Dubayda qolib ketgan yurtdoshlarimiz oʻz tur-operatorlari yoki aviakompaniyalar bilan aloqaga chiqib, kunlik amalga oshirilayotgan reyslar orqali Oʻzbekistonga qaytish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin boʻladi.

“Bosh konsulxona xodimlari yurtdoshlarimiz murojaatlarini qabul qilish va zarur konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish maqsadida tunu kun ishlashda davom etmoqda. Iltimos, vaziyat yuzasidan faqat rasmiy manbalar orqali tarqatilayotgan axborotlarga tayaning, tasdiqlanmagan maʼlumotlar va turli mish-mishlarga ishonmang”, — deyiladi konsulxona xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?