Qalbaki dorilar oldi-sotdisi boʻyicha javobgarlik keskin kuchaytiriladi

17:34 05 Mart 2026 Siyosat
616 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida farmatsevtika sohasiga yangi texnologiyalarni olib kelish, “Big Pharma” kompaniyalarni jalb qilishga ancha harakat qilinayotgani qayd etildi.

Bunday kompaniyalar ishlab chiqarishini yoʻlga qoʻyishdan oldin “Ichki bozorda dorilar sifati va xavfsizligi boʻyicha kuchli nazorat tizimi bormi?” degan savol qoʻyadi.

Lekin birgina oʻtgan yilning oʻzida mamlakatimizda 57 mingdan ziyod nomdagi roʻyxatdan oʻtmagan, kontrafakt dorilar aniqlangan. Achinarlisi, qalbaki nusxasi koʻpaygani uchun nufuzli xorijiy kompaniyalar 21 turdagi original dorilarni Oʻzbekistonga olib kirishni toʻxtatgan.

Masʼul idoralarga giyohvand va psixotrop moddalarga qarshi qanday kurashilayotgan boʻlsa, dorilarning noqonuniy aylanmasi boʻyicha ham xuddi shunday murosasiz kurashish shartligi koʻrsatib oʻtildi.

Umuman, sifatsiz va qalbaki dorilarning oldi-sotdisi boʻyicha javobgarlikni keskin kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish muhim ekani taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?