“Toshkent farma park” hududi yana 100 gektarga kengaytiriladi

17:17 05 Mart 2026 Siyosat
526 0

Original dori yaratilganidan 20-30-yil oʻtib, boshqa farmatsevtika korxonalari ham bu dorini ishlab chiqarishi mumkin. Qaysi kompaniya harakat qilib, ushbu dorini ishlab chiqarish texnologiyasini tezroq oʻzlashtirsa, marra shuniki boʻladi.

Eng muhimi, talab yuqori boʻlgan bunday dorilarni ichki bozordagi narxi 5 barobargacha arzon boʻladi.

Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida mana shunday dori vositalarini bir yil ichida oʻzimizda ishlab chiqarishni boshlagan korxonalarning texnologiyalarni transfer qilish xarajatining yarmi Farmatsevtika jamgʻarmasidan qoplab berilishi maʼlum qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shuningdek, eng koʻp import qilinayotgan 100 turdagi dorilarni ishlab chiqarishni koʻpaytiraman degan tadbirkorlar uchun “Toshkent farma park” klasteri hududi yana 100 gektarga kengaytiriladi.

Janubiy Koreyalik hamkorlar oʻtgan yili “Toshkent farma park”ka qoʻshib berilgan 60 gektarni boshqaruvga olish taklifini bergan. Ular oʻz hisobidan infratuzilmaga 40 million dollar kiritib, ushbu hududga Koreyaning nufuzli kompaniyalarini olib kelish istagini bildirgan.

Mutasaddilarga bu boradagi muzokaralarni yakunlab, biofarmatsevtika va kosmetika yoʻnalishida kamida 400 million dollarlik loyihalarni shakllantirish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?