Rossiyada yongʻinda halok boʻlgan oʻzbekistonlikning jasadi Vatanga qaytarildi
Illyustrativ foto
Rossiyaning Rostov viloyatida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida halok boʻlgan oʻzbekistonlikning jasadi Vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Rostov viloyati Bataysk shahridagi qurilish obyektlarida ishlab kelgan B.Y. uyida yongʻin chiqishi oqibatida voyaga yetmagan nabirasi X.A. halok boʻlgani va uni vatanga qaytarishda yordam soʻrab Oʻzbekiston Bosh konsulxonasiga murojaat qilgan.
Aniqlanishicha, ushbu baxtsiz hodisa oqibatida X.A.ning barcha hujjatlari yonib ketgan. Shu bois uning hujjatlarini qayta rasmiylashtirish hamda jasadni Oʻzbekistonga qaytarishda Rossiya tomoni bilan muammo paydo boʻlgan.
Bosh konsulxona mazkur holat yuzasidan zudlik bilan Rossiyaning vakolatli tibbiyot birlashmalari bilan muzokara olib borib, voyaga yetmagan oʻzbekistonlikning jasadini Vatanga tezkorlik bilan qaytarish chora-tadbirlarini amalga oshirgan.
Murojaatchi B.Y. nomiga Bosh konsulxona tomonidan vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirilib, Migratsiya agentligi jamgʻarmasi hisobidan X.A.ning jasadi “Uzbekistan Airways” kompaniyasining Krasnodar-Toshkent yoʻnalishi orqali Oʻzbekistonga qaytarilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring