Taxiatosh tumaniga yangi hokim tayinlandi

12:19 04 Mart 2026 Jamiyat
348 0

Sdikov Islambek Muratbayevich Taxiatosh tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 4-mart kuni Xalq deputatlari Taxiatosh tuman kengashining navbatdan tashqari 21-sessiyasi boʻlib oʻtgan. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etgan va soʻzga chiqqan.

Sessiyaning kun tartibida tashkiliy masala koʻrib chiqilgan, xususan, Taxiatosh tumani hokimi lavozimiga Sdikov Islambek Muratbayevichni tayinlash masalasi deputatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan.

Maʼlumot uchun, Islambek Sdikov faoliyati davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha kotibiyat boshligʻi, Xoʻjayli tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

U bugungi tayinlovga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Sanoat qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?