Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
Adliya vazirligi Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur hujjat bilan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasining elektron shakli bojxona organlarining axborot tizimida mobil ilova orqali avtomatik ravishda shakllanishi belgilanmoqda.
Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida aniqlangan texnik xato va kamchiliklar bojxona xodimi tomonidan tuzatilishi mumkinligi qayd etilmoqda.
Shuningdek, tovar (buyum) 16 yoshga toʻlmagan shaxslarga tegishli boʻlgan hollarda Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasining “tovar nomi” va “buyum nomi” ustunlarida buyum (tovar) egasining pasport (ID karta) raqami ham koʻrsatilishi lozim.
Bundan tashqari, mobil qurilmalar tovarlarni olib kirishning bojxona toʻlovlari undirilmaydigan cheklangan meʼyorlardan qatʼiy nazar deklaratsiyalanishi belgilanmoqda. Bundan Tizim operatori bazasida roʻyxatga olingan va Oʻzbekiston hududida sotib olingan mobil qurilmalar mustasnodir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring