Hukumat aholiga uzluksiz xizmat koʻrsatishni davom ettiradi — Masud Pezeshkiyon

15:21 02 Mart 2026 Dunyo
466 0

Eron prezidenti Masud Pezeshkiyon mamlakatda kuzatilayotgan hozirgi keskin vaziyat sharoitida davlat idoralari faoliyati toʻxtamasligini maʼlum qildi.

Prezidentning taʼkidlashicha, barcha vazirliklar, tashkilotlar va ijro etuvchi organlar rahbarlariga mojaro yakunlangunga qadar toʻliq va maxsus rejalashtirilgan formatda ishlash topshirigʻi berilgan.

“Men barcha vazirlar, tashkilotlar va ijro etuvchi organlar rahbarlariga majburan urush tugagunga qadar aholiga uzluksiz va muvofiqlashtirilgan xizmatlar koʻrsatishni davom ettirishni buyurdim. Hukumat mamlakat fuqarolarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydi”, — deydi Pezeshkiyon.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?