Yaqin Sharqqa safarlarni vaqtincha kechiktiring – Oʻzbekiston TIV xabarnoma eʼlon qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli xorijiy safarlarni vaqtincha kechiktirib turish toʻgʻrisida xabarnoma eʼlon qildi.
Unda aytilishicha, Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyatning keskinlashuvi hamda ayrim davlatlar tomonidan havo hududidan foydalanish boʻyicha joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlar sababli xalqaro aviaqatnovlar harakatida jiddiy oʻzgarishlar kuzatilmoqda.
Mazkur holat natijasida koʻplab davlatlar vakillari, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ham parvozlarning bekor qilinishi yoki kechiktirilishi, tranzit yoʻnalishlarining yopilishi hamda boshqa tashkiliy muammolar tufayli qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Shu munosabat bilan, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Yaqin Sharq yoʻnalishida rejalashtirilgan ziyorat, tijorat, dam olish hamda boshqa turdagi xorijiy tashriflarni vaziyat barqarorlashguniga qadar vaqtincha kechiktirib turish tavsiya etilgan.
“Ayni paytda chet elda boʻlib turgan vatandoshlarimizdan vaziyatga nisbatan bosiqlik va hushyorlikni saqlash, odamlar gavjum joylarga borishdan tiyilish, mahalliy qonun-qoidalarga qatʼiy rioya qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan doimiy aloqada boʻlib turish soʻraladi”, — deyilgan xabarnomada.
Shuningdek, barcha fuqarolar safarlarni rejalashtirishda ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlari va rasmiy manbalar orqali eʼlon qilinayotgan axborotlarga amal qilishlari zarurligi qoʻshimcha qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring