“Imkoniyatingiz boʻlsa, Isroilni vaqtincha tark eting”: Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi
Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakat va uning atrofida xavfsizlik vaziyati keskinlashgani munosabati bilan, ushbu davlat hududida boʻlib turgan yurtdoshlarimizni xotirjamlik va hushyorlikni saqlashga chaqirdi.
Fuqarolardan Isroil rasmiy organlari tomonidan berilayotgan xavfsizlik boʻyicha koʻrsatmalarga soʻzsiz amal qilish, maxsus jihozlangan himoyalangan joylar (boshpanalar) yaqinida boʻlish va mahalliy hokimiyat organlarining qoʻshimcha bildirishlariga qadar ularni tark etmaslik soʻralgan.
Elchixona bilan bogʻlanish uchun:
- 03-672-2466
- 03-672-2371
- 03-758-5075
- 03-758-5076
Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun:
- +972 54 485 1397
- Elektron manzil: il.uzembassy@mfa.uz
“Agar imkoniyat mavjud boʻlsa, vaziyat barqarorlashgunga qadar Isroilni vaqtincha tark etish tavsiya etiladi”, — deyiladi ogohlantirish xabarida.
Elchixonaga Isroil tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra:
- Isroil–Misr chegarasidagi “Begin” (“Taba”) chegara punkti 24 soat davomida ishlamoqda.
- Amaldagi hujjatlarga ega boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun Sinay yarimoroliga kirishda viza talab etilmaydi.
- Chegara yigʻimlarini ortiqcha kechikishlarning oldini olish maqsadida toʻlovni oldindan onlayn toʻlash tavsiya etiladi.
- Qolgan quruqlikdagi chegara oʻtish punktlari Sizning xavfsizligingiz uchun tavsiya etilmaydi.
- Isroil–Misr chegaralaridagi punktlar ish rejimida oʻzgarishlar boʻlishi mumkin. Safarni rejalashtirishdan oldin dolzarb maʼlumotlarni aniqlash tavsiya etiladi.
Shuningdek, Elchixonaga murojaat qilayotgan fuqarolarga yana bir bor eslatamiz:
- Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarining rasmiy veb-resurslarida joylashtirilayotgan xabarlarni muntazam kuzatib borish juda muhim.
- Ayniqsa, Isroil rasmiy xizmatlari tomonidan internet tarmogʻida eʼlon qilinayotgan ogohlantirish va amaliy tavsiyalarga alohida eʼtibor qaratish zarur.
- Xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilish hayot va sogʻliqni saqlashning muhim kafolatidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring