“Real Madrid“ boshqaruviga germaniyalik mutaxassis kelishi mumkin

18:23 01 Mart 2026 Sport
1078 0

Kelgusi yildan “Real Madrid“ klubi nemis mutaxassis Yurgen Nagelsmann boshqarishi ehtimoli mavjud. Bu haqda Ispaniyaning mashhur “Defensa Central” nashri xabar berdi.

Manbaga koʻra, Florentino Peres hozirda Alvaro Arbeloaga ishonmayapti va mavsum yakunida u jamoani tark etishi mumkin. Agar bu sodir boʻlsa, “Qirollik klubi“ boshqaruviga Nagelsmann kelishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, Yurgen Nagelsmannning Germaniya milliy terma jamoasi bilan shartnomasi 2028-yilgacha amal qiladi. Ammo 2026-yilgi Jahon chempionatidan soʻng bu rejalarda oʻzgarish boʻlishi mumkin.

Qayd etilishicha, agar Nagelsmann isteʼfo soʻrasa, Germaniya milliy terma jamoasi futboli federatsiyasi bunga rozi boʻlish ehtimoli mavjud.

Maʼlumot uchun, Florentino Peres 2018-yilda ham Nagelsmannni “Real Madrid“ga olib kelishga uringan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?