Oʻzbekistonlik FIFA hakami Ilgiz Tantashev Qatarda qolib ketdi
Oʻzbekistonlik FIFA hakami Ilgiz Tantashev Qatarda qolib ketdi. Bu haqda futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev oʻzining Telegram kanali orqali xabar berdi.
“Darvoqe, oʻtgan hafta Dohada JCH-2026ning ehtimoliy hakamlari uchun seminar boʻlib oʻtdi. Uning ishtirokchilari orasida Ilgiz Tantashev ham bor edi. Seminar juma kuni yakunlandi va shanba kuni ishtirokchilar Qatarni tark etishlari kerak edi. Ammo boshlangan jangovar harakatlar Dohadan reyslarning bekor qilinishiga olib keldi, aeroport hanuzgacha yopiq. Shunday qilib, seminar ishtirokchilari hali ham Qatarda”, — deb xabar berdi mutaxassis oʻz kanalida.
Oʻz navbatida Oʻzbekiston futbol hakamlari qoʻmitasi kanalida quyidagi xabar eʼlon qilindi:
“Superliga birinchi turidan oʻrin olgan OKMK — “Bunyodkor” jamoalari oʻrtasidagi oʻyinda VAR hakami sifatida ishlashi belgilangan Ilgiz Tantashev oʻrniga Akobirxoʻja Shukrullayev faoliyat olib boradi”.
Bundan koʻrish mumkinki, chindan ham hozir Tantashev Qatarda. Eslatib oʻtamiz, mintaqadagi notinchliklar sabab Doxa aeroporti 3-mart sanasiga qadar yopilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring