Bugun toifa olish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborishning oxirgi kuni

19:36 28 Fevral 2026 Jamiyat
484 0

Maʼlumki, 2026-yilning yanvar iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish 6-yanvar kunidan boshlangan va 1-martga qadar davom etishi belgilangandi.

Bugun, 28-fevral kuni toifa olish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish yakunlanadi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.

Murojaatlarni:

  • Maktab va bogʻcha pedagoglari “pedagog.uzedu.uz” platformasi, akademik litsey, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim muassasalari pedagoglari “pedagog.edu.uz” platformasi orqali;
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali “my.gov.uz” orqali;
  • davlat xizmatlari markazlari orqali yuborishlari mumkin boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?