Oʻzbekistonda 1-martdan ov mavsumi yopiladi

15:08 27 Fevral 2026 Jamiyat
660 0

Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi 627-son Qonuniga muvofiq, har yili 1-martdan 15-avgustga qadar respublika hududida ov mavsumi yopiladi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu cheklov biologik resurslarni asrash, yovvoyi fauna vakillarining koʻpayishi davrida ularni muhofaza qilish hamda tabiiy muvozanatni taʼminlashga xizmat qiladi.

“Taqiqlangan mavsumda ov qilish amaldagi qonunchilikka muvofiq qatʼiy javobgarlikka sabab boʻladi. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi fuqarolarni ov mavsumi yopiq davrida tabiatga ehtiyotkorona va masʼuliyat bilan munosabatda boʻlishga chaqiradi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, noqonuniy ov holatlariga duch kelgan taqdirda, 1157, 1207, (71) 207-11-07, (71) 207-11-08 ishonch telefonlari yoki “ecogovuz_bot” Telegram boti orqali va qoʻmitaning hududiy boshqarmalariga murojaat qilish mumkin boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?