Toshkent – Termiz yoʻnalishida tezyurar poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda Surxondaryodagi eng ogʻriqli masalalardan biri yoʻl va transport infratuzilmasi ekani qayd etildi.
Ikki yil oldin Osiyo taraqqiyot banki bilan 183 million dollar hisobiga Boysun va Denovni bogʻlovchi yoʻlning 111 kilometr qismini sement-beton qoplamaga oʻtkazish loyihasi boshlangan. Bu yoʻl ishga tushsa, yuk hajmi 2 karra oshadi, tashish vaqti 3 soatdan 1,5 soatga qisqaradi.
Yurtimizni Afgʻoniston va Tojikiston bilan bogʻlaydigan 178 kilometrli magistral yoʻl 30-yildan buyon kapital taʼmirlanmagan. Mutasaddilarga qurilish ishlarini uch oy ichida boshlash topshirildi.
Toshkent – Termiz yoʻnalishidagi yoʻlovchi poyezd 14 soatdan koʻp harakatlanadi. Koreyalik hamkorlar bilan zamonaviy tezyurar poyezdlar olib kelish boʻyicha kelishuvga erishilgan. “Toshgʻuzor – Boysun – Qumqoʻrgʻon” uchastkasini tezyurar poyezdga moslash boʻyicha loyihani shu yil boshlash, 103 kilometr boʻlgan “Qumqoʻrgʻon – Quduqli” temir yoʻlini elektrlashtirish ishlariga kirishish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring