Oʻzbekistonda Almeriya tajribasi asosida quyoshda isitiladigan issiqxonalar tashkil qilinadi
Ispaniyaning Almeriya hududi
Surxondaryo sharoitida issiqxonadan mahsulot olish boshqa joylardan 2-3 barobar arzon tushadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda qayd etildi.
Bu yil Ispaniyaning Almeriya hududi tajribasi asosida 1 ming gektarda quyoshda isitiladigan issiqxonalar tashkil qilinadi. Bunday issiqxona quradigan tadbirkorlarga yerlar 5-yilga bepul ijaraga beriladi, ular yer osti suvi uchun toʻlovdan 3-yilga ozod qilinadi.
Surxondaryoda ishga solinmagan yana bir katta imkoniyat – uning yaylovlari.
Masalan, Boysunda 197 ming gektar yaylovlar bor. Agar Darband daryosidagi nasoslarni tiklab, suv chiqarilsa, 10 ming gektar yaylovni foydalanishga kiritish, shundan 1,5 ming gektarida kartoshka, qolgan qismida ozuqabop ekin ekish imkoni mavjud.
Endilikda zaxiradagi yaylov yerlarini oʻzlashtirish uchun boshlangʻich narxi normativ qiymatning 1 foizi miqdorida belgilanib, auksionga chiqarilishi taʼkidlandi.
Yerni auksiondan olgan tadbirkorlarga 10-yilga, 4-yillik imtiyozli davr bilan 14 foizli kredit ajratiladi. Har oʻn gektarga suv olib kelish uchun 120 million soʻmgacha subsidiya beriladi.
Bu orqali uch yillik dastur doirasida 58 ming gektar yaylovni aylanmaga kiritish, bu yerda 300 ming bosh qoʻy-echki boqishni yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring