Termiz xalqaro savdo markazida IIB va prokuratura boʻlimi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

12:15 27 Fevral 2026 Siyosat
305 0

Foto: Arxiv foto

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda Termiz xalqaro savdo markazi katta natijalar berayotganiga eʼtibor qaratildi. Oʻtgan yili markazga 800 mingdan ortiq Afgʻoniston fuqarolari tashrif buyurdi, eksport 320 million dollar boʻldi.

Tadbirkorlar va investorlar faoliyatini kengaytirib, Termiz xalqaro savdo markazida yirik ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish boʻyicha taklif bilan chiqqan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shu bois, markaz hududi 1 ming gektarga yetkazilishi belgilandi. Mutasaddilarga buning hisobidan markazdagi eksport hajmini joriy yil 600 million, kelasi yil 1 milliard dollarga yetkazish, qoʻshimcha 10 ming ish oʻrni yaratish topshirildi.

Yangi loyihalar hisobiga tadbirkorlar ham, savdo qilish uchun keladigan odamlar ham karrasiga oshadi. Shu munosabat bilan markazda qonun ustuvorligini taʼminlash maqsadida maxsus prokuratura va ichki ishlar boʻlimining faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Endilikda markaz hududidagi tovar savdosi va xizmatlar eksport sifatida baholanadi, ularga nisbatan ham qoʻshilgan qiymat soligʻi “nol” stavkada qoʻllanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?