Xayrullo Ibadullayevga “Jasorat” medali topshirildi
Foto: TIV matbuot kotibi
Sankt-Peterburg shahrida koʻp qavatli uyning yuqori qismidan pastga qulab tushayotgan yosh bolani qutqarib qolgan Ibadullayev Xayrullo Saydullayevichga “Jasorat” medali topshirildi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi xabar berdi.
Bildirilishicha, bugun, 26-fevral kuni Oʻzbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasida ushbu mukofotni tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtgan. Unda mamlakatimizning Rossiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Botir Asadov, Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxona xodimlari, vatandoshlarimiz hamda Rossiya ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan.
Marosimda Botir Asadov soʻzga chiqib, mazkur mukofot nafaqat bir insonning jasoratini eʼtirof etish, balki yurtdoshlarimizning insoniylik, bagʻrikenglik va yuksak maʼnaviy qadriyatlarga sodiqligini namoyon etuvchi muhim ramz ekanini qayd etgan.
Xayrulla Ibadullayev ushbu yuksak eʼtirof uchun Davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, bunday vaziyatda har bir oʻzbek farzandi bolaning hayotini saqlab qolish uchun shunday yoʻl tutishi tabiiy ekanini taʼkidlagan. Shuningdek, u oʻz harakatini qahramonlik emas, balki insoniy burch deb hisoblashini aytib, koʻrsatilgan yuksak ishonch va eʼtibor unga katta masʼuliyat yuklashini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring